O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimini takomillashtirish chora-tabirlari to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq Andijon davlat tibbiyot institutining 2-3-kurs talabalari hamda xorijiy va qo’shni davlatlardan o’qishini ko’chirib kelgan yuqori kurs talabalari “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmoqdalar.
Andijon davlat universiteti «Ingliz tili fonetikasi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi M.Kurbanov davolash ishi, pediatriya ishi, kasb ta’limi (davolash ishi), stomatologiya, farmatsiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati yo’nalishi 2-3-kurs talabalari, oliy hamshiralik ishi 3-kurs talabalariga hamda xorijiy va qo’shni davlatlardan o’qishini ko’chirib kelgan yuqori kurs talabalariga “Tibbiyotda xorijiy til” fanidan Yakuniy davlat attestatsiya xay’ati raisi etib tayinlandi.