Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami va O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Til millat ko‘zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, o‘zbek tilining nufuzi jahon miqyosida ortib borayotganligi, uning jozibadorligini ta’riflab, barchani ushbu bayram bilan tabrikladi. Institutda faoliyat yuritayotgan ilmiy darajalarga erishgan o‘zbek tili fani o‘qituvchilarini yutuqlarini e’tirof etdi.
Shundan so‘ng, bayram doirasida tashkil qilingan tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar yo‘llandi.
Tadbirning badiiy qismida iqtidorli talabalar tomonidan o‘zbek tilini go‘zalligi va boyligini tarannum etuvchi she’rlar, ta’riflar ijro etildi. Ushbu tadbirda xorijlik talabalar ham faol ishtirok etib, o‘zbek tilidagi qo‘shiq, she’r va tabriklarni taqdim etdilar.
San’atsevar yoshlar kuylangan sho‘x qo‘shiqlar barcha tadbir qatnashchilarini raqsga chorladi. Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.