alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Tilga e’tibor – elga e’tibor

14:27 21.10.2019

Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o‘zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini oshirish muhim o‘rin tutadi.

Inson tug‘ilib, voyaga yetar ekan, u onatili, ona Vatan, ona zamin kabi milliy qadriyatlarini shu til vositasida anglaydi va his qiladi. Shuning zamirida unda milliy ong, vatanparvarlik, millatparvarlik, mustaqillik kabi tushunchalar paydo bo‘ladi va singib boradi. Til har bir xalqning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi va ovozi hisoblanadi.


Bugun o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganliga 30 yil to‘ldi. Til bayrami munosabati bilan Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bayram tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda viloyat hokimligi, davlat va nodavlat tashkilotlarivakillari, xalqimizning sevimli shoir va yozuvchilari,o‘quv muassasalari, jumladan, Andijon davlat tibbiyot institutining 150 dan ziyod professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.


Bayram avvvalida ulug‘ alloma, xalqimizning faxri bo‘lgan shoir Alisher Navoiy haykali poyiga guldastlar qo‘yildi va shoir ruhiga ehtirom ko‘rsatildi.


Bayram tadbirida so‘z olganlar o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, uning hozirgi zamon globallashuv davridagi tutgan o‘rni masalalariga e’tibor qaratilishdi. Har bir ishtirokchi o‘zbek tiliga alohida e’tibor qaratilayotganligidan behad minnatdorligini e’tirof etdi. Davlat tiliga bo‘lgan bunday muhabbat yoshlarda milliy g‘ururimizni, o‘zligimizni qalban his qilish yo‘lidagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarimizning in’ikosi hisoblanishi ta’kidlandi.


Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat va an’analarini saqlaydi. Tadbir davomida o‘qilgan she’rlarda manashu fikrlar ifodalandi.

Bayram tadbirining badiiy dasturi Andijon shahridagi “Yoshlar markazi”da davom etdi. Tadbir davomida til bayrami munosabati bilan o’tkazilgan insholar tanlovi g’oliblariga viloyat hokimligi tomonidan diplomlar topshirildi. Bayram tadbirlari ona tilimiz naqadar go‘zal va barchamiz uchun qadrli ekanligini yana bir bor namoyon etdi.

ADTI axborot xizmati 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!