Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalar kafedrasi tomonidan Talabalar turar joyida “Tinchlik soʻzi yangrasin tilda” mavzusida kafedra kuni oʻtkazildi. Unda kafedra xodimlari tomonidan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, har bir sohada, ayniqsa, tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, keyingi besh yillikda erishilgan yutuqlar borasida maʼlumotlar berildi.