Erta tongdan “Namuna” va “Ahmad Yassaviy” MFYlarining voyaga yetmagan yoshlari ADTI sport zalida mashgʻulotlar olib borish uchun jam boʻldilar. Dastlab ishni badantarbiya bilan boshlagan bolalarga institutning yetakchi murabbiylari tomonidan boks, qoʻl jangi sport toʻgarak mashgʻulotlarini olib bordilar. Yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazishni niyat qilgan oʻquvchilarga bu kabi toʻgaraklar ayni muddao boʻlmoqda.