Travmatologiya-ortopediya, otorinolaringologiya va bolalar anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Travmatologiya-ortopediya, otorinolaringologiya va bolalar anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi

Kafedra mudiri: tibbiyot fanlari doktori, Qosimxojiev
dotsent., Muxammadjon
Ibroximjon o’g’li

TARIXI VA FAOLIYATI

“ Travmatalogiya-ortopediya, bolalar anesteziologiyasi-reanimatologiyasi va otorinolaringologiya” kafedrasi Andijon davlat tibbiyot inistituti rektorining 2021 yildagi rektor buyrugiga asosan Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti qoshida “Bolalar xirurgiyasi, bolalar anesteziologiyasireanimatologiyasi, travmatalogiya-ortopediya va otorinilaringologiya” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Dastlab 2018-yilda “Bolalar xirurgiyasi, bolalar anesteziologiyasi-reanimatologiyasi, anesteziologiya-reanimatologiya va tez tibbiy yordam” kafedrasi nomi bilan Andijon davlat tibbiyot Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti qoshida faoliyat olib birib, 2021-yilda o’quv jarayonini tashkillashtirishni optimallashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash maqsadida kafedra “Travmatalogiya-ortopediya, bolalar anesteziologiyasi-reanimatologiyasi va otorinolaringologiya” kafedrasi deb qayta o’zgartirildi. Kafedraga Andijon davlat tibbiyot inistituti rektorining 2021-yilgi buyrug’i bilan tasdiqlangan va 2021-yil tanlovdan o’tgan t.f.d. dotsent Qosimxojiyev M.I kafedra mudiri etib tayinlandi va xozirgi vaqtga qadar kafedrani boshqarib kelmoqda. Xozirda “Travmatalogiya-ortopediya, bolalar anesteziologiyasireanimatologiyasi va otorinolaringologiya” kafedrasi assistenti Madaminova N.E professor Shayxova X.E raxbarligi ostida “ Surunkali rinosinusitlarni davolash samaradorligini oshirish” mavzusida, Nematjonov F.Z professor Aliyev M.M raxbarligi ostida “ Bolalarda o’t yo’llari atreziyasi davolash samaradorligini oshirish” mavzusida ilmiy ishlar olib borilmoqda va izlanishlar nixoyalash arafasida. “Travmatalogiya-ortopediya, bolalar anesteziologiyasi-reanimatologiyasi va otorinolaringologiya” kafedrasi 2021-yil yanvar oyidan faoliyatini boshladi va kursantlar qabul qilib, ilk marta kursantlar travmatalogiya-ortopediya, bolalar anesteziologiyasi-reanimatologiyasi va otorinolaringologiya yo’nalishidan malaka oshirishga erishdi. Xozirgi vaqtda kafedrada Farg’ona vodiysi bo’yicha 1000 nafardan ortiq Travmatalogiya-ortopediya, bolalar anesteziologiyasireanimatologiyasi va otorinolaringologiya xodimlari malaka oshirish va ixtisosliklar bo’yicha muofiyaqatli, zamon talablariga javob beradigan malaka oshirish kurslarini yakunladilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!