“Ibn Sino izdoshlari” olimpiya terma jamoasi hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasida 5 kunlik o‘quv-treningda ishtirok etmoqdalar. Unda talabalarimiz favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib bormoqdalar. Nevrologiya, anesteziologiya – reanimatologiya, travmatologiya-ortopediya va XDJ, akusher-ginekologiya kafedralarida bo‘lgan talabalarimiz o‘pka-yurak reanimatsiyasi, qon ketish, turli jarohatlar, kuyish va cho‘kishda shoshilinch tez tibbiy yordamda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi to‘g‘risida bilimlarini namoyish eta oldilar.
Bugun 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan “TTA yil talabasi – 2021” ilmiy konferensiyasida esa Anesteziologiya – reanimatologiya, Bolalar anesteziologisi va reanimatologiyasi kafedrasining stajer – assistenti va 3-bosqich magistratura talabasi Diana Abdurahmonova hamda jamoa sardori kasbiy ta’lim yo‘nalishining 6-bosqich talabasi Ilyosmirzo Ziyayev hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdilar.