Turkiyalik professor Djem Kalaychining Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrifi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

«Profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga» respublika ilmiy-amaliy anjumani munosabati bilan ko‘plab xorijlik  olimlar qatorida Turkiya Gastroinstestinal endoskopiya jamiyati Prezidenti, Turkiya gasroenterologlar jamiyatining vitse-prezidenti, Amerika gastroenterologlar Assotsiatsiyasining a’zosi, professor Djem Kalaychi Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi.

8- iyun kuni professor Djem Kalaychi anjumanda o‘zining mahorat darslari bilan faol qatnashdi va shu kuni ADTI xalqaro hamkorlik bo‘limida institut rektori M.Madazimov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Hodjimatov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar bilan uchrashib suhbatlashdi.

Suhbat chog‘ida turkiyalik professor  Andijon davlat tibbiyot institutining bugungi faoliyati,jumladan o‘quv-uslubiy, ilmiy-amaliy hamda  xalqaro aloqalar xususida ma’lumotlarga ega bo‘ldi .

Shuningdek, uchrashuv davomida har ikki tomon vakillari kelgusidagi hamkorlik aloqalari xususan, professor-o’qituvchilar, mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha  o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib o‘tdilar. Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.

618