alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“TURLI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN YOSHLARNI OGOH ETISH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

13:21 16.02.2023

Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida  O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Davlat xavfsizlik xizmati vakillari ishtirokida “Turli yot g‘oyalar ta’siridan yoshlarni ogoh etish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Jahongir Meliqo‘ziyev, Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi Anvarjon Abdullayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduhalimov, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

 

Tadbirda so‘z olganlar diniy-ekstremistik oqimlarning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish, fuqarоlarni, xususan, yoshlarni qurolli to‘qnashuvlar amalga oshirilayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarga jalb etishga urinishlar haqida aniq ma’lumotlar bilan misollar keltirib, aytib o‘tdilar. Qolaversa, bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun nimalarga e’tibor berish muhimligi haqida tavsiyalar berildi.

Yoshlarimizni turli xildagi yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda va axborotlarni qabul qilishda uning to‘g‘riligi va aniqligini tekshirish zarurligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar.

Shuningdek, Vatanimiz rivojlanishi va uning kelajagi uchun har birimiz birdek mas’ul ekanligimiz haqida aytib o‘tdilar. Tadbir yakunida diniy ekstremizm va terrorizmning fojeali oqibatlari tasvirlangan hujjatli film namoyish etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!