O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 563-sonli “Respublika Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar-joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandida 2021-yil 1-sentabrdan boshlab talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi. O‘rniga davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy va ijtimoiy holatini doimiy ravishda tahlil qilib boruvchi, mavjud muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilda hamda ularning oylik maoshi “O‘qituvchi stajyor” bazaviy lavozim maoshiga tenglashtirildi.
Talabgorlar ADTIning kadrlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat etishlari mumkin.