Bugun, 22-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ishchi guruhi tomonidan tyutorlar faoliyati o‘rganildi. Dastlab, tyutorlarga diktant yozish vazifasi berildi.
Shundan so‘ng, mas’ullardan iborat ishchi guruh tyutorlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazdi. Unda yakunlangan o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, talabalar bilan targ‘ibot tadbirlarining o‘tkazilganligi bo‘yicha hisobotlar tinglandi. Ular yuzasidan taxlillar o‘tkazildi, erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddat belgilandi.
O‘z navbatida ishchi guruh tyutorlarning yangi o‘quv yili oldidan o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, vazifalari bilan tanishib, kerakli tavsiyalarni berdi.