Bugun, 12-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov institutda faoliyat yuritib kelayotgan tyutorlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Unda tyutorlar faoliyatining mashaqqati, talabalar bilan ishlashda alohida ahamiyat berib, mas’uliyat bilan yondashish muhimligi haqida aytib o‘tildi.
Talabalarning o‘qishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, to‘garaklarda ishtirok etib, bilimlarini yana-da boyitishlarida tyutorlar har bir talabaga yakka tartibda yondashgan holda ko‘mak berishi zarurligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga talaba-yoshlarning qobiliyatlarini rivojlantirish hamda uni namoyish etishga ko‘maklashishga oid muhim tavsiyalar berildi. Tyutorlarning yangi o‘quv yilida amalga oshiradigan vazifalari aks etgan rejalari bilan tanishildi.