Bugun, 14-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov tomonidan fakultetlarda faoliyat olib borayotgan tyutorlar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbir davomida institutda talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish borasidagi tarbiyaviy, ma’naviy ishlarni yana-da kuchaytirish to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Tadbir davomida tyutorlar tomonidan faoliyati davomida duch kelinayotgan muammolar va ularni ijobiy hal qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilish ishtirokchilariga institutda korrupsiyaviy holatlarni oldindan aniqlash, oldini olish borasida barcha birdek mas’ul ekanligi aytilib, birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish muhimligi ta’kidlandi.