Joriy yilning, 12–13-oktabr kunlari Namangan davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada faollashtirish va mazkur yo’nalishdagi kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida, Oliy ta’lim muassasalarining tyutorlari uchun o’quv-seminari o’tkazilmoqda.
Unda Andijon davlat tibbiyot institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i A.Abduhalimov hamda tyutorlar ishtirok etmoqda.
Oʻquv-seminari davomida tyutorlik faoliyatining joriy etilishi, Oliy taʼlim muassasasida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartiblari: tyutorlikning maqsadi, vazifalari, majburiyatlari, talabalar murojaati bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari, talabani ragʻbatlantirishning normativ-huquqiy asoslari, tyutorning «Vaqt menejmenti»: faoliyatni muammolar yechimiga maqsadli yoʻnaltirish metodikasi kabi mavzularida maʼruzalar olib borildi.