Sevimli futbol musobaqasi bu gal Davolash fakultetining tyutorlari va “Yangi turmush” MFYning uyushmagan yoshlarini chorladi. Oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvi qizgʻin oʻtdi. Chaqqonlik va uddaburonlik oʻz kuchini koʻrsatdi. Mazkur uchrashuvda 3:3 hisobida doʻstlik gʻalaba qozondi.