alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“U-REPORT” ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA

20:18 25.05.2021

“U-REPORT” ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA

“Yuksalish” umummilliy harakati UNICEF vakolatxonasi bilan birgalikda hududlarda yoshlar ishtirokida “U-Report” innovatsion raqamli global platformasi imkoniyatlariga bagʼishlangan uchrashuv va taqdimotlarni oʼtkazib kelmoqda.

Ushbu interfaol vosita yigit-qizlarning dolzarb masalalar, tashabbuslar haqidagi fikrlarini oʼrganishga va shu orqali ularning qarorlar qabul qilish jarayoniga, yoshlar va davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yanada hamkorligiga xizmat qiladi. “U-Report” platformasi xizmatlaridan dunyoning ellikka yaqin mamlakatida foydalaniladi.

Xususan, joriy yilning 24 may kunidan boshlab Аndijon viloyatining tuman va shaharlarida Аndijon viloyati hokimligi koʼmagi ostida “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat xududiy boʼlinmasi, Yoshlar ishlari agentligi xududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “U-Report” platformasi taqdimotlari va volontyorlar guruhlari uchun seminarlar tashkil etilmoqda.

Mazkur taqdimot Аndijon davlat tibbiyot institutida ham tashkil etildi. Uchrashuvda 150 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Taqdimotda “Yuksalish” umummilliy harakati viloyat xududiy boʼlinmasi bosh mutaxassisi Diyorbek Turgunov hamda “Yunisef” “U-Report” loyihasi rahbari Jamila Nurjanova uning loyiha volontyorlari loyiha va uning mazmun-mohiyati toʼgʼrisida maʼlumot berdilar. Uchrashuvda asosan talabalarning qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, tashabbuslar haqida fikrlar almashildi va bundan tashqari viktorina tarzida oʼyinlar tashkil etilib, unda faol ishtirok etgan talabalarga tashkilotchilar tomonidan sovgʼalar taqdim etildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!