alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ulkan maqsadlar bilan yangi manzillar sari

13:02 03.02.2020

2019/2020 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi boshlandi. Ikkinchi “semestr”ning boshlanishi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti 2-o‘quv binosida o‘tkazilgan “Shukronalik” tadbirida institut rektori, professor M.M.Madazimov ishtirok etdi.


Dastlab “Shukronalik” tadbiri ishtirokchilari O‘zbekiston Davlat madhiyasini birgalikda kuyladilar.


Shundan so‘ng professor M.M.Madazimov talabalarni ikkinchi yarim yillik boshlanganligi bilan tabriklab ularga muvaffaqiyat tiladi. 2019-2020 o‘quv yilida institut talabalarining soni belgilangan rejadan ko‘ra ancha ko‘p bo‘lganligi uchun institut yangi binosi qisqa vaqt mobaynida foydalanishga tayyorlanganligi va bir qator kafedralar institut yangi binosida ish boshlaganligi aytib o‘tdi.


Shuningdek, o‘quv dasturidagi yangiliklar bilan tanishtirdi, yangi binoda talabalar  ulkan maqsadlarni ko‘zlab yangi-yangi manzillar sari olg‘a borishlarini tiladi.


Institut rektori prorektorlar, fakultet dekanlari bilan birga o‘quv jarayoni – mashg‘ulotlarning borishi, xonalarni o‘quv jihozlari ta’minlanishi bilan tanishdi.

Ta’lim samaradorligi oshirish bo‘yicha taklif, ko‘rsatmalar berdi.
«Shukronalik» tadbiri ADTI Klinikasi binosida Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tomonidan  o’tkazildi.

Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har bir kunimizga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi.

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.

Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri, dosent Sh.Q.Yusupuva va kafedraning ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’suli M.A.Abduraxmonovalar  tomonidan yurtimiz va dunyo yangiliklari bilan tanishtirdilar, «Ommaviy madaniyat»ning salbiy oqibatlari mavzusida ma’ruza qilindilar.

Institut asosiy binosida «Shukronalik» tadbiri Xorijiy tillar kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Kafedra o‘qituvchisi O‘.Po‘latova mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyvning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritdi.

Kafedra o‘qituvchisi D.Arzieva o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligiga bergilangan o‘quv rejalari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.

«Shukronalik» tadbirlarida talabalar ustozlarining ezgu tilaklar bilan mashg‘uloatlarga yo‘l oldilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!