Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari tomonidan navbatdagi tibbiy koʻrik Ulugʻnor tuman Oq tom MFYda joylashgan 37-OP da oʻtkazildi. Ushbu tadbirda institutning 12 turdagi mutaxassisliklaridan iborat 16 nafar xodimlari ishtirok etishib, salomatligi boʻyicha 3-4-guruhlarga kiritilgan 252 nafar aholi o’rtasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik olib bordilar. Koʻruvlar davomida 6 nafar bemorga uy sharoitida tibbiy xizmat ko’rsatildi, 75 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishga, 4 nafar bemor viloyat davolash muassasalariga yoʻllanmalar berildi. 31 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar ulashildi. Tibbiy tekshiruvlarda 78 ta UTT, 62 ta EKG va 92 ta laborator tekshiruvlari oʻtkazildi.