alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ulug`nor tumani tibbiyot birlashmasi bilan online ma’ruza o`qildi

17:32 27.02.2020

2020 yil 27-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti va Ulug`nor tumani tibbiyot birlashmasi bilan masofaviy online muloqot o`rnatildi. Institutning yetakchi professor-o`qituvchilari tumanda aholini tibbiy ko`rikdan o`tkazdilar. Shuningdek Andijon davlat tibbiyot institutini ilmiy kengashlar zalida Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining umumiy amaliyot shifokorlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash kafedrasi mudiri dotsent G.U.Nazarova boshchiligida online ma’ruza o`qildi.

Ma’ruza shu kunning dolzarb masalasi “O`zbekistonda aksinoprofilaktikada yangi innovatsiyalar”ga bag`ishlandi. Online ma’ruzada Ulug`nor tumani tibbiyot birlashmasidan 21 nafar shifokorlari, kafedrada malaka oshirayotgan 38 ta umumiy amaliyot shifokorlari, kafedraning barcha professor-o`qituvchilari qatnashdilar.

O`zbekiston Respublikasida 2019 yil oktyabr oyidan boshlangan o`smir qizlarni “Odam papilomasi virusi”ga qarshi yangi kiritilgan vaksina turi bilan emlashga bag`ishlangan ma’ruzani, kafedra xodimi I.Ziyayeva o`qidi. Ma’ruzalar interfaol qiziqarli savol-javoblar bilan o`tdi.

Ulug`nor tumanida faoliyat olib borayotgan shifokorlar online ma’ruzalarni qiziqarli o`tganligini ta’kidlab, yana davom ettirishlarini iltimos qildilar va bu ma’ruzani uyushtirgan institut rahbariyatiga, shaxsan institut rektori M.M.Madazimovga, fakultet dekani X.X.Tursunovga, kafedra mudiri G.U.Nazarovaga va boshqa professor-o`qituvchilarga minnatdorchilik bildirdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!