“UMR DAFTARIDAGI BITIKLAR” KITOBI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“UMR DAFTARIDAGI BITIKLAR” KITOBI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

13:52 26.09.2025

Inson qaysi kasbda bo‘lmasin, adabiyotga, sana’atga oshufta bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Andijon davlat tibbiyot instituti 1-UAShT kafedrasi mudiri Zuhriddin Salohiddinov bir necha yillar davomida talabalarga dars berish barobarida yoshlarning ma’naviy kamolotini yuksaltirishga ham o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda. “Oqibat bekasi”, ”Ibrat malikasi”, ”Saodat manzili” kitoblarining muallifi yana bir “Umr daftaridagi bitiklar” asarini kitobxonlarga taqdim etdi. Bugun, 26-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida mazkur kitobning taqdimoti o‘tkazildi.

“Ustozlarga ehtirom oyligi” doirasida tashkil etilgan ushbu taqdimot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati raisi Xurshidabonu, uyushma a’zosi, shoir Halim Karim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi M.Egamova, Oʼzbekiston Respublikasi tabobat akademiyasi raisi, akademik, kimyo fanlari doktori, professor, Respublikada xizmat ko’rsatgan ixtirochi I.Аsqarov va institut jamoasi ishtirok etdi.

Taqdimotni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ochib berdi va muallifni yillar davomida olib borayotgan samarali faoliyatini alohida e’tirof etdi.

Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar ham Z.Salohiddinovning ilmiy faoliyati, maqolalar yozish bilan bir qatorda insonlarning ta’lim-tarbiyasi, odobi, oilaviy munosabatlarlariga ham e’tibor qaratishi, hayoti davomida orttirilgan tajribalari va saboqlarini kitobxonlarga yetkazayotganini ta’kidlab o‘tdilar.

Taqdimot davomida muallif hayotiga oid videoroliklar namoyish etildi. Talabalar esa asardan parchalar o‘qib berdilar. Tibbiyot fanlari doktori, professor O.Salohiddinov hamda Tabobat akademiyasining akademigi, professor N.Mamasoliyev ham hamkasblarining naqadar izlanuvchan, tirishqoqligini yoshlarga o‘rnak sifatida keltirdilar.

Taqdimot chinakam adabiyot kechasiga aylandi. Talabalar tomonidan she’rlar va qo‘shiqlar ijro etildi. Barcha adabiyot shaydolariga “Umr daftaridagi bitiklar” kitobini o‘qishni tavsiya etamiz!

Skip to content