Avval xabar berganimizdek. “Universiada – 2022” sport musobaqalarining voleybol turi boʻyicha qizlar oʻrtasidagi final bosqichi Andijon davlat tibbiyot institutida boʻlib oʻtdi. Mazkur oʻyinlarning final bosqichi yakunlandi.
Soʻnggi uchrashuvlarda dastavval Xorazm va Toshkent viloyati jamoalari oʻrtasidagi kurashda 3:2 hisobida xorazmlik qizlarning qoʻli baland keldi. Soʻngra Andijon va Samarqand talabalari oʻzaro bellashdilar. Bu gal esa 3:0 hisobida omad andijonliklarga kulib boqdi.
Yakuniy naktijalarga koʻra, 1-oʻrin Xorazm jamoasiga, 2-oʻrin Toshkent viloyati jamoasiga, 3-oʻrin Andijon viloyati jamoasiga va 4-oʻrin esa Samarqand viloyati jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblar va ishtirokchilar Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.