alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“UNIVERSIADA – 2022”: VOLEYBOL SPORT MUSOBAQALARINING QIZLAR OʻRTASIDAGI BAXSLAR QIZGʻIN OʻTMOQDA

15:27 15.11.2022

“Universiada – 2022” sport musobaqalarining voleybol turi boʻyicha qizlar oʻrtasidagi final bosqichi Andijon davlat tibbiyot institutida boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimi koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi, Oʻzbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi vakillari, mazkur sport turi trenerlari, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, viloyatimiz mutaxassislari ishtirok etdi.

Bugun oʻyinlarda 4 ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib bordi. Dastavval Samarqand hamda Xorazm viloyatlarining qizlari oʻrtasidagi kechgan kurashda 3:0 hisobida Xorazm jamoasiga omad kulib boqdi. Andijon va Toshkent viloyatlari jamoasi oʻrtasidagi bellashuvlarda 3:2 hisobida toshkentliklar gʻolib boʻlishdi.

Musobaqalar davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!