alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

USTOZ HALIMA CHARTAKOVA 70 YOSHDA!

12:23 09.03.2021

Ustoz! Uning mehri va ziyosi yo‘llarimizni yoritadi. Kelajagimiz porlaydi. Uzoq yillar davomida institutimizda faoliyat olib borayotgan Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasining katta o‘qituvchisi Halima  Chartakova o‘zining 70 yillik yubileyini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan katta tadbir tashkil etildi.

Unda instituimiz rektorati va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Dastavval Halima ayaga institutimiz rektori M. Madazimovning tabrigi o‘qib eshittirildi. Hamkasblari kafedra mudiri Shaxnoza Yusupova ustozning bo‘lajak shifokorlarga chin insoniylik saboqlarini, tibbiyot sirlarini o‘rgatayotgani, yuksak salohiyatli, o‘ziga munosib izdoshlar, shogirdlar tayyorlayotganliklarini faxr bilavn e’tirof etdi. Shuningdek, Halima ayaning  ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida tibbiyotning “endokrinologiya” sohasi rivojiga ulkan xissa qo‘shayotgani, e’lon qilingan yuzlab ilmiy maqola va tezislar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, risolalar, ixtirochilik takliflari yaratilgani sermahsul mehnatingizning yaqqol dalili ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!