USTOZLAR, DO‘STLAR VA XOTIRALAR: 50 YILDAN SO‘NG TALABALAR UCHRASHUV – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

USTOZLAR, DO‘STLAR VA XOTIRALAR: 50 YILDAN SO‘NG TALABALAR UCHRASHUV

11:34 13.09.2025

Talabalik — hayotimizdagi eng esda qolarli, eng yorqin davrlardan biri. Har qanday yoshda bo‘lmasin, o‘sha yillar — bilim va do‘stlik, orzu va umidlar bilan to‘lgan oltin davr sifatida qalbimizda qadr topadi. Ayniqsa, uzoq yillardan keyin bir joyga to‘planib, o‘zlarining o‘tmishini yodga olish esa butun umr unutilmas lahzalar taqdim etadi.

Bugun Andijon davlat tibbiyot institutida 1969-1975-yillarda tahsil olgan sobiq talabalar 50 yillik yubiley tadbirini tantanali tarzda nishonladilar. Uzoq yillardan so‘ng bir joyda ko‘rishish, o‘tmishni yodga olish va bir-birlariga bo‘lgan samimiy mehr-muhabbatni ifoda etish — bunday uchrashuvlar o‘ziga xos ruhiy boylikdir.

Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov so‘zga chiqib, institut rektori M.Madazimovning tabrigini ishtirokchilarga yetkazdi. U o‘sha yillarning ahamiyati va talabalik davrining har bir qatnashchisi uchun qadrli ekanligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, faxriy ustozlar va sobiq talabalar ham so‘zga chiqib, o‘tgan kunlarni yodga oldilar, birga o‘qigan do‘stlar va ustozlarni esladilar, o‘sha davrning shirin va unutilmas lahzalarini baham ko‘rdilar. Bu tadbir nafaqat o’tmishga nazar tashlash, balki yoshlarga ham o‘rnak bo‘ladigan, institutga bo‘lgan mehr va sadoqatni yana bir bor namoyon etadigan ajoyib voqea bo‘ldi.

Talabalik yillarining samimiy va iliq xotiralari, ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtirom, do‘stlikning davomiyligi — bularning barchasi hayotning eng qimmatli boyliklari ekanligini yana bir bor anglatdi.

Tilagimiz, shunday bayramlar ko‘p bo‘lsin, har bir yigit-qiz o‘zining talabalik davrini faxr bilan yodga olsin!

Skip to content