(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Ustozlar xotirasi hamisha qalbimizda”

17:56 04.12.2020

O‘zbek xalqi qadimdan mehribon, bir-biriga oqibatli, bag‘rikeng xalq. Xalqimiz insonni qadrlaydi, bizda inson xotirasi ulug‘dir.
Andijon davlat tibbiyot institutida institutning zabardast chinorlari bo‘lgan marhum ustozlar – Jarroxlik va urologiya kafedrasi mudiri,  tibbiyot fanlari doktori, professor Foziljon Nishonovich Nishonov, umumiy jarroxlik kafedrasi professori Anvarjon Yasharovich O‘rinov va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Abdupatto Habibullayevich Asxanovlarni xotirlash tadbiri o‘tkazildi.

“Ustozlar xotirasi hamisha qalbimizda” deb nomlangan xotira tadbirida marhum ustozlarning oila a’zolari, yoru-do‘stlari, hamkasblari va shogirdlari ishtirok etdilar.



Xotira tadbirida so‘z olgan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.Abdullajonov marhum ustozlarning go‘zal fazilatlari, ezgu niyat ila amalga oshirgan ishlarini yodga oldi.
Xotira tadbiri davomida 1-UASh kafedrasi mudiri,  professor Z.S.Saloxiddinov, institut marketing bo‘limi boshlig‘i A.Sh.Ziyayev, Umumiy va xarbiy dala jarroxligi kafedrasi professori X.T.Musashayxov va boshqalar so‘z olib marhum  ustozlarning ibratli hayot yo‘li, samarali mehnat faoliyati, ilmiy izlanishlari, shogirdlariga ko‘rsatgan mehri xususida so‘z yuritdilar.


Tadbirda namoyish etilgan ustozlar xotirasiga bag‘ishlab tayyorlangan videorolikning tadbir ishtirokchilari ko‘zlarida yosh bilan tamosha qildilar.



Xotira tadbirida so‘z olgan marhum ustozlarning oila a’zolari marhumlarga ko‘rsatigan hurmat, e’tibor uchun institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

“Ustozlar xotirasi hamisha qalbimizda” deb nomlangan xotira tadbiri bir piyola choy ustida davom etdi. Marhum ustozlar – Foziljon Nishonovich Nishonov, Anvarjon Yasharovich O‘rinov va Abdupatto Habibullayevich Asxanovlarning qadrdonlari Andijon davlat tibbiyot institutining zabardast pedagoglarining ibratli hayot yo‘liga oid xotirlarini so‘zlab berdilar. Qur’on tilovat qilinib marhumlar ruhiga bag‘ishlandi.
“Ustozlar xotirasi hamisha qalbimizda” deb nomlangan xotira tadbiri davomida har bir ishtirokchining ko‘nglidan: “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson!”, – degan fikrlar o‘tdi.

Institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B,Abdullajonov xotira tadbirini yakunlar ekan marhum ustozlar yodi institut jamoasi, shogirdlari qalbida mangu yashashini, ularning hayoti yoshlar uchun hamisha ibrat maktabi bo‘lib qolishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 ADTI axborot xizmati