Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

USTOZLAR «ZAKOVAT»DA BELLASHDI

16:59 27.09.2024

Bugun, 27-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Zakovat» intellektual oʻyini boʻyicha bayram turniri boʻlib oʻtdi.

Institutning Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Xotin-qizlar bilan ishlash boʻlimi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti,»Zakovat» intellektual klubi hamkorligida tashkil qilingan ushbu turnirda professor-o‘qituvchilar hamda fakultetlar xodimlaridan iborat oltita jamoa ishtirok etdi.

Turnirni institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi G.Xolmatova kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ustozlarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayrami bilan samimiy qutladi va kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi.

O‘yin institut “Zakovat” intellektual klubi koordinatori Sh.Abdurahmonov tomonidan olib borildi. O‘yin davomida ishtirokchilar adabiyot, mantiq, tarix, psixologiya fani yo‘nalishlari bo‘yicha savollarga javob berish orqali o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyat talab etgan intellektual o‘yin murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Davolash fakulteti tyutorlaridan iborat «Pozitiv» jamoasi 1-oʻrinni, Oʻzbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasining «Lingvist» jamoasi 2-oʻrinni hamda Farmatsiya fakulteti tyutorlaridan iborat «Pharmacon» jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Gʻolib va sovrindorlar hamda turnirning barcha ishtirokchilari diplom hamda kitoblar bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!