Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

АHOLI SАLOMАTLIGI YOʼLIDА

19:32 11.02.2021

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʼliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6110-son Farmoni va “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-4891 sonli Qarori ijrosi boʼyicha 2021-yil 11-fevral kuni Аndijon davlat tibbiyot institutining 12 turdagi mutaxassislari (onkolog, akusher-ginekolog, pediatr, neyrohirurg, nevropatolog, otorinoloringolog, kardiolog, terapevt, dermatovenerolog, hirurg, gematolog, oftalmolog)lardan iborat professor-oʼqituvchilar hamda Аdolat SDP Аndijon viloyat kengashi vakillari tomonidan Jalaquduq tumani markaziy poliklinikasining Yorqishloq boʼlimida chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik oʼtkazildi.

Tibbiy koʼrikda 105 ta UTT, 82 ta EKG tekshiruvlari oʼtkazilib, lozim boʼlganlarga mutaxassis koʼruvi va maslahatlari berildi.

Ushbu jarayonda tumanning 524 nafar chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrik oʼtkazilishi lozim boʼlgan aholisiga xizmat koʼrsatilib, kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aholi oʼrtasida shaxsiy gigiyena, sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, sogʼlom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik, zararli odatlarga berilmaslik boʼyicha ham targʼibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!