Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Abdumannob Ziyayev Shodmonovich

Qabul vaqti:    8.30-16.30 (tushlik 12.00-13.00)

Tel:      (0374)223-94-73

E-mail:            adtimarketing@mail.ru

Manzil:            Andijon  shahar, Yu. Otabekov ko‘chasi 1 uy

 

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO’LIMI

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-yanvardagi 48-sonli «Ta’lim xizmatlari ko’rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1998-yil 10-noyabr VII-2107-sonli O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 17-fevraldagi 325-sonli buyrug’ini bajarish maqsadida Andijon Davlat tibbiyot instituti rektorining 1998-yil 25-martdagi 106-Sh-sonli buyrug’iga asosan «Marketing xizmati» bo’limi tashkil qilindi.

“Marketing xizmati bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-maydagi 2859-3-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga asosan Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limini “ Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi” departamentiga o‘zgartirildi.

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limining faoliyati “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa me’yoriy xujjatlar bilan belgilanadi. Bu oliy tibbiy ta’limning ko‘p bosqichlardan iborat tarkibining bir qismi bo‘lib, uning vazifasi Sog‘liqni saqlash muassasalarida mustaqil ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

 

BO’LIM TARIXI

 

Andijon davlat tibbiyot institutida Marketing xizmati bo‘limi 1998-yilda tashkil etilgan va shu davr mobaynida quyidagilar marketing bo‘limi  boshlig‘i lavozimida ishlab kelganlar:

1998-2000 -yil A.Abduraxmonov

2000-2005 -yil Z.A.Qahhorov

2004-2013-yil Z.A.Mamajonov

2013-2014-o’quv yilidan boshlab to hozirgi kunga qadar  Abdumannob Ziyayev Shodmonovich Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi  boshlig‘i etib boshqarib kelmoqda.

 

BOSHQARUVNING MAQSADLARI VA FUNKSIYALARI

 

Bozor talabiga binoan o‘qitish va ta’lim berish bakalavriat, magisratura va klinik ordinatura yo‘nalishlarini kelgusida ishga joylashishga tayyorlaydi.

Sog‘liqni saqlash va boshqa amaliy sohalarda yangi ish o‘rinlari (bo‘sh ish o‘rinlarini ) shakllantirish va ish beruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratadi.

Bitiruvchilarning amaliyotlarini bo’lg’usi ish joylarida tashkil etishni nazorat qilish.

Bitiruvchilarning mavjudligi to‘g‘risida buyurtmalar portfelini shakllantirish, ishga olish uchun shartnomalar tuzadi va tayyorlaydi. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlaydi va monitoring tuzadi.

Bakalavr, magistr va klinik ordinatura dasturlarida o‘qish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotni tarqatadi, talabalar bilan shartnomalarni tuzadi va pul olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Amaliyotni o‘tkazish maqsadida, yetakchi tibbiy klinikalarning ma’lumotlar bazalari bilan shartnomalar tuzadi.

 

BO’LIM XODIMLARI

 

A.SH.Ziyayev – Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i.

K.R.Mamarasulov – Bosh mutaxasis.

U.X.Dadajonov – Bosh mutaxasis.

I.A.Yuldasheva – Marketolog

Skip to content Click to listen highlighted text!