Maʼlumki, 2022/2023-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni roʻyxatga olish jarayonlari joriy yilning 27-iyulidan yakunlandi. Biroq Andijon davlat tibbiyot institutida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida Call-center markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq 2022-yilning 30-avgustiga qadar faoliyat olib boradi.
Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari, oʻqish boʻyicha murojaatlaringizni 30-avgustga qadar yoʻllashingiz mumkin, markaz xodimlari barcha savollaringizga batafsil javob beradilar.
Call-center markazi raqamlarini yana bir bor eslatib oʻtamiz!
Oʻzbek tilidagi murojaatlar uchun:
+998742239451
Rus tilidagi murojaatlar uchun:
+998742239462
Ingliz tilidagi murojaatlar uchun:
+998991003638
Magistratura boʻyicha murojaatlar uchun:
+998742239453
Klinik ordinatura boʻyicha murojaatlar uchun:
+998742239468
Murojaatlar dushanbadan shanbagacha soat 9.00 dan 17.00 ga qadar qabul qilinadi (tushlik soat 13.00 dan 14.00 gacha, dam olish kuni yakshanba)
Qoʻshimcha maʼlumotlarni Andijon davlat tibbiyot institutining rasmiy veb-sayti https://adti.uz , telegramdagi adti.uz rasmiy kanalidan hamda adtiqabul sahifasi orqali olishingiz mumkin.