Bu shunchaki loyiha boʻlibgina qolmay, sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchi Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlarining anʼanasiga aylandi. Ish vaqtidan, kechki ovqatdan soʻng hamkasblari bilan piyoda yurib salomatligini mustahkamlashni istagan xodimlar mazkur loyihada ishtirok etdilar. Bu galgi loyihada Davolash fakultetining professor-oʻqituvchilari tashabbusni qoʻlga oldilar.