Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“ABU ALI IBN SINO” NOMIDAGI FAN OLIMPIADASI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

20:12 19.05.2022

Talabalar turar joyida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi va Andijon davlat tibbiyot instituti hamkorligida “Abu Ali ibn Sino” nomidagi fan olimpiadasi oʻtkazildi. Unda viloyatimiz umumtaʼlim maktablarining 8-9-sinf oʻquvchilari kimyo va biologiya fanlari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Olimpiadani institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori K.Salohiddinov hamda viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari D.Turdiyev ochib berdi va hamkorlikda oʻtkazilayotgan bu kabi tanlovlar oʻquvchilarning fanlarni yanada chuqurroq oʻrganishlari uchun bir imkon boʻlayotganini taʼkidlab oʻtdilar.

Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, oʻtgan 2021-oʻquv yilida mazkur olimpiadada 2000 nafardan ziyod oʻquvchilar ishtirok etgan boʻlsa, joriy yilda ularning soni tuman bosqichining oʻzida 4000 nafardan ortdi. Bugungi oʻtkazilgan bosqichda esa 97 nafar oʻquvchi qatnashdi.

Olimpiada bir qator tashkilot vakillari hamda ota-onalarning kuzatuvi ostida adolatli olib borildi. Test natijalari esa soha mutaxassislari tomonidan odilona baholandi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 8-sinflar oʻrtasida 1-oʻrin Shahrixon tumanidagi 63-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Sh.Odiljonovga, 2-oʻrin Asaka tumanidagi 45-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi J.Moʻminovga, 3-oʻrin esa Shahrixon tumanidagi 44-DIMI oʻquvchisi M.Rahmonberdiyevaga nasib etdi.

9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida esa Buloqboshi tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi M.Abdurashidova 1-oʻrinni, Qoʻrgʻontepa tumanidagi 18-DIMI oʻquvchisi M.Tursunboyev 2-oʻrinni, Marhamat tumanidagi 47-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi M.Sotvoldiyev 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblar institutning diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!