Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ADOLAT BILAN SIFATLI TAʼLIMGA ERISHISH MUMKIN

15:40 30.06.2022

2022-2023-oʻquv yili uchun abituriyentlarni oʻqishga xujjat topshirish jarayonlari avjida. Ularga va ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida qabul komissiyasi tomonidan samarali ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Call-center markazi ham oʻzbek, rus va ingliz tillarida faoliyat olib bormoqda. Qabul jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda oʻtishi uchun ham zarur choralar koʻrilgan.

Biroq mazkur jarayonlarda korrupsion holatlar ham yuz berishi mumkin. Mana shunday salbiy jihatlarning oldini olish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari, boʻlim boshliqlari, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar ishtirokida davra suhbati olib borildi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi M.Toshpoʻlatov soʻz olib bordi.

Davra suhbati davomida qabul jarayonlarida korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik, xorijdan va boshqa oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha belgilangan mezonlar asosida faoliyat olib borish, pora olgan, bergan va vositachilik qilgan har bir shaxs qonun oldida javobgar boʻlishi, korrupsion holatlar sezilganda boʻlim xodimlariga murojaat qilish zarur ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!