Andijon shahrida viloyat hokimi tashabbusi bilan “Family med” klinikasi oʻz faoliyatini boshladi. Bu yerda viloyatimiz aholisiga yuqori malakali tibbiyot xodimlari tomonidan bepul tibbiy xizmat koʻrsatiladi.
1-akusherlik ginekologiyasi kafedrasi bilan hamkorlikda xizmat koʻrsatayotgan klinikaning ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abudrahmonov ishtirok etdi.
Klinika 70 oʻringa moʻljallangan boʻlib, zamonaviy xonalar va tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan. Aholiga kolkoskopiya, laporoskopiya, gisteroskopiya zamon talabidagi muolajalar o’tkaziladi.
Tibbiy muassasada fuqarolarimizga tibbiy xizmat koʻrsatish barobarida Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun maʼruzalar va amaliyot jarayonlari olib boriladi.