Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AMALIYOT O‘TAYOTGAN FARG‘ONALIK TALABALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

14:26 14.07.2022

Talaba amaliyot jarayonlarida o‘z bilimlarini yanada boyitib boradi. Ayni damda Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari yozgi amaliyotni o‘tamoqda. Xususan, farg‘onalik talabalarimiz ham yashash hududlaridagi tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borishmoqda. Ular amaliyot rahbarlaridan bemorlar bilan muloqotda bo‘lish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash usullarini o‘rganishmoqda.

 

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Pediatriya fakulteti dekani o‘rinbosari K.Baydullayev hamda tyutorlar Farg‘onada amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan suhbatda bo‘ldilar. Uchrashuv davomida yoshlarga har bir amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etish, bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish, turli to‘garak va sport mashg‘ulotlarida qatnashish, amaliyot chog‘ida yuzaga kelgan muammo va kamchiliklar kuzatilganda institut rahbariyatiga xabar qilish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!