2020 yili 25 noyabr kuni Andijon shahri Bogishamol mexmonxonasi maruzalar zalida «Endokrinologiyaning dolzarb muammolari» mavzusida gospital terapiya kafedrasi professor oqituvchilar, klinik ordinatorlar, talabalar, endokrinolog, terapevt shifokorlar ishtirokida ilmiy amaliy konferensiya bo’lib otdi.
Dastlab ilmiy ishlar buyicha institut prorektori Xodjimatov G.M. so`zga chiqib endokrinologiyaning dolzarb muammolaridan bulgan qandli diabet uning sabablari, oldini olish choralari bo`yicha malumot berib anjumanni ochib berdi.
So`ng Ukraina respublikasi tibbiy texnologiyalari innovatsion markazi metabolik sindrom profilaktikasi va davolash bulimi boshligi, P.L.SHupik nomidagi malaka oshirish tibbiyot akademiyasi diabetologiya kafedrasi tibbiyot fanlari doktori Jerdeva Nadejda Nikolaevna «Insulinorezistentnlikni uchinchi darajasi» mavzusidagi maruzani o`qib berdi. Ushbu maruza tushunarli va qiziqarli qilib yigilish qatnashchilariga etkazib berildi.
Maruzal diabetologiyaning dolzarb muammolariga bagishlangan bo`lib, qandli diabet 2 turi diagnostikasi va davolash xamda oldini olishni to`liq yoritib berdi. Sungi yangiliklar xaqida batafsil ma`lumot keltirdi. SHuningdek maruzada zamonaviy preparatlar kamchiliklari, qarshi kursatmalar va asoratlariga ham to`xtalib o`tdi.