Andijon davlat tibbiyot instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori hamda “Ilmiy darajali kadrlar tayyorlash tizimida davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga o‘qitish bo‘yicha 2023-yil uchun qabul kvotalarining ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘yicha taqsimoti (ixtisoslik kesimida)” doktorantura va tayanch doktoranturada davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga birinchi bosqichga qabul rejasining quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
№ | Muassasa nomi | Ixtisoslik shifri | Ixtisoslik nomi | Doktorantura turi | Ajratilgan kvota |
Andijon davlat tibbiyot instituti | 14.00.01 | Akusherlik va ginekologiya | Tayanch doktorantura | 2 | |
14.00.03 | Endokrinologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.04 | Otorinolaringologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.05 | Ichki kasalliklar | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.06 | Kardiologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.08 | Oftalmologiya | Doktorantura | 1 | ||
14.00.08 | Oftalmologiya | Tayanch doktorantura | 2 | ||
14.00.09 | Pediatriya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.10 | Yukumli kasalliklar | Tayanch doktorantura | 2 | ||
14.00.15 | Patologik anatomiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.18 | Psixiatriya va narkologiya | Tayanch doktorantura | 1 | ||
14.00.21 | Stomatologiya | Tayanch doktorantura | 1 |
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari
Tayanch doktoranturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2022-yil 15-oktabrgacha Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda qabul qilinadi. Ro’yxatdan o‘tgan talabgorlar xujjatlarini institutning ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga topshirgandan so‘ng kirish imtihonlarga ruxsat beriladi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari 2022-yil 1 — 25-noyabr davrida o‘tkaziladi.