Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasida “Surunkali og‘riq: o‘tkir og‘riqlarni xronizatsiyasini patogenetik aspektlariga aksent” mavzusida onlayn videoma’ruza tashkil etildi.
Unda Italiya davlati “Singa Vitae” klinikasi bosh shifokori professor, PhD (nevrolog) Guistino Varrassi bilan hamkorlikda Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasi xodimlari uchun ma’ruza o‘qildi.
Shuningdek, Nevrologiya kafedrasi mudiri U.Abduqadirov “Vestibulyar migrenda zamonaviy davolash tamoyillari” va D.Abduqadirova “Tizimli bosh aylanishlarni tarqalishi va klinik ko‘rinishlari” mavzularida ma’ruzalar o‘qidilar.
Tadbir davomida Andijon davlat tibbiyot instituti Nevrologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari, klinik ordinatorlar, magistrlar va talabalarga maʼruzalar o‘qildi hamda kelgusida ularga seminar (vebinar)lar, mahorat darslari hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga kelishib olindi.