Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI M.M.MADAZIMOVNING YANGI YIL TABRIGI

17:04 31.12.2022

Aziz hamkasblar, qadrdon talabalarim!

Mana bugun biz sizlar bilan birgalikdagi faoliyatimizning yana bir yilini kuzatish va yangi yilni kutib olish arafasida turibmiz. O‘tib borayotgan yilda institutimiz jamoasi va talabalarimiz bilan birgalikda ko‘plab yutuqlarga erishdik, xalqaro miqyosda ham sezilarli natijalarni qo‘lga kiritdik.

Qadrdon farzandlarim!

Sizlar jannatmakon yurtimizning eng omadli yoshlaridansiz, boisi oldingizga aniq maqsadlar qo‘yib, kelajak sari dadil qadam tashlamoqdasiz. Buni 2022-yil davomida o‘zining ko‘plab yutuqlari bilan institut, viloyat va respublika miqyosida eʼtiroflarga sazovor bo‘lgan yoshlarimiz misolida ko‘rmoqdamiz. Xalqaro fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomdor davlat stipendiyalari sohiblari bo‘lgan talabalarimiz meni g‘urur va iftixorga to‘ldiradi.

Yakunlanayotgan yilning so‘nggida  400 o‘rinli “Talabalar uyi”ni topshirilishi sizlardan ziyod meni quvontirdi. Endilikda biz yana 400 nafar talabalarimizni ushbu boshpanada jamlay olamiz. Bularning barchasi siz aziz farzandlarimiz, sizlarning xotirjamligingiz uchun.  Kelgusi yilda ham barchangiz oldingizga avvalgilardanda yuqori maqsadlarni qo‘yib, ulkan marralarni zabt etishingizni tilayman. Mashaqqatli mehnat, ilm izlash yo‘lingizda barchangizga kuch-quvvat va mustahkam iroda tilayman.

Aziz hamkasblarim!

2022-yil jamoamiz uchun omadli va barakatli yil bo‘ldi deb o‘ylayman. Mazkur yilda ko‘plab fan doktorlari, fan nomzodlari, professorlar safimizga qo‘shildi. Sizlarning mehnatlaringizning mevasi institutimiz talabalarining yutuqlarida ko‘rinadi. Barchangizni zahmatli mehnat faoliyatingizda omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin.

Sizlarga va sizlar orqali barcha oila aʼzolaringizga kirib kelayotgan 2023-yil fayzli va barakatli yil bo‘lishini, qalbingizdagi ezgu orzu-maqsadlaringizga yetishishingizni tilayman. Yutimiz tinch, osmonimiz musaffo, oilalarimiz baxtli, farzandlarimizning ilmlari bugungidanda ziyoda bo‘lsin. Yangi yilda yana bir jamoada ishlash va bir birimizni issiq yuzimizni ko‘rish barchamizga nasib etsin. Men va kelajagimiz uchun o‘zingizni ehtiyot qiling, hamkasblarim va farzandlarim!

 

Skip to content Click to listen highlighted text!