alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI PAXTAOBOD TUMAN “CHORSU” MFY AHOLI VAKILLARI BILAN UCHRASHDI

20:00 20.02.2023

Insonlarga yordam berish, ularning holidan xabar olish xalqimizga xos go‘zal odatlardan sanaladi. Qolaversa, bu mehr-oqibatlilik belgisi hamdir.

Bu borada, Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Andijon viloyati Paxtaobod tumani “Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini o‘rganish yuzasidan muammosi bor oilalar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari hal qilinmoqda.

Ishchi guruh tomonidan uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar aholini turmush darajasini aks ettiruvchi aholi umumiy va jon boshiga daromadlari, xarajatlari, iqtisodiy resurslarga egalik hamda taʼlim darajasi, bandlik bilan taʼminlanganligi, migrantlari, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishi, mol-mulklari, oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmoli, kredit va subsidiya olish imkoniyatlari, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan taʼminlanganligi, uy-joy sharoitlari, uy-joy va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari kabi jihatlar to‘liq o‘rganilmoqda.

Jumladan, bugun ham institut rektori M.Madazimov ushbu manzilda bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi.  Ularning muammo va kamchiliklarini tinglab, ularni bajarish yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi. Bemorlar holidan xabar olib, ularga o‘z vaqtida muolajalar qilinayotgani va dori-darmonlar yetkazib berilayotgani yuzasidan uning oila aʼzolari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari hamrohligida 5 nafar ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari berilib, ularning duosini oldilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!