alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORINING MARHAMATLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

19:55 05.06.2023

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Marhamat tumani “Qovunchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi institutga biriktirilgan, “qizil” toifaga kiruvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Marhamat tumani xalq taʼlimiga qarashli 22-IDUM da tashkil qilingan uchrashuv davomida institut rektori har bir yosh bilan yakka tartibda suhbatlashib, ularning muammolarini tingladi va kerakli tavsiyalarni aytib o‘tdi.

“Ulkan”  ko‘chasi 36-uyda yashovchi    II guruh nogironi Oltinoy  va uning onasi Hurmatoy Axchiyevalarga  Farg‘ona viloyatidagi “Temir yo‘lchilar”  sihatgohiga 2 ta bepul yo‘llanma berildi. Tibbiyot kollejini tamomlagan D.Mashrapovani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik xizmatiga ishga joylashtirildi.

II guruh nogironligi bo‘lgan D.Abduxalilovga eshitish apparati berish bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi rahbari bilan kelishib olindi.  Ko‘z kasalliklari mavjud 2 nafar yoshlar shahrimizdagi yetuk mutaxassislarga yo‘naltirildi. Tutqanoq kasalligidan aziyat chekayotgan 2 nafar bemor ham viloyatdagi malakali mutaxassislarga biriktirildi va ularning biriga dori vositalarini topishda amaliy yordam ko‘rsatildi. II guruh nogironligi bo‘lgan N.Abduxalimovaga Viloyat xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi bilan hamkorlikda tikuv mashinasi olib berish yuzasidan kelishib olindi. Oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi 2 nafar talabalar institut ma’muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.  1 nafar abituriyentning OTM kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishda tayyorlov kurslarida o‘qishi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, rektor tashabbusi bilan joriy yilning 20-may kuni ushbu mahallada tashkil qilingan  tibbiy ko‘rikda II guruh nogironi Hayotbek Yo‘ldashevga Andijon shahridagi Reabilitatsiya markazida 10 kunga ko‘rik va davolanish uchun yo‘llanma berilgan bo‘lib, u  mazkur uchrashuvda ham ishtirok etib, Davlatimiz rahbarining yoshlarga qaratayotgan e’tibor va g‘amxo‘rligi hamda institut rektorining mahalla yoshlarini qo‘llab-quvvatlayotganligidan minnatdorchiligini bildirdi.

Qolaversa, institut rektori yoshlarning yashash xonadonlarida ham bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi. Ularni qiynagan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berdi.

Mahalla yoshlari va ularning ota-onalari yoshlarni institutga biriktirilgandan to hozirgacha institut rektori boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlardan minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!