alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALAR TURAR JOYIDA BIRINCHI PROREKTOR ISHTIROKIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI

10:09 21.02.2023

Joriy yilning 20-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Unda so‘z olgan, birinchi prorektor S.Salohiddinov ta’lim-tarbiya, odob-axloq, kiyinish madaniyati kabi masalalarga alohida to‘xtalib, talabalar uchun kerakli bo‘lgan tavsiyalarni berdi. O‘z navbatida talabalar tomonidan yashash joyi va ta’lim olish jarayonlarida muammolar yo‘qligi aytildi.

Shuningdek, tyutorlar ham talabalarni bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish maqsadida, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan takliflarni aytib o‘tdilar. Ushbu takliflar yuzasidan qilinishi kerak bo‘lgan ishlar taqsimlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!