O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sporni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti ishchi-xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
Talabalar turar joyidagi sport maydonchasida o‘tkazilgan qiziqarli bahsga professor-o‘qituvchilar ham qo‘shildilar.
Ko‘pchilikning sevimli sport turi – mini futbol musobaqasi xodimlarni sog‘lomlashtirish bilan birga ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.