alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “BILIMLAR KUNI” KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI

10:34 04.09.2023

Bugun, 4-sentabr kuni barcha ta’lim muassasalarida “Bilimlar kuni” bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutida ham «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun» shiori ostida yangi 2023-2024 o‘quv yilining boshlanish tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori M.Madazimov 1-bosqich talabalari bilan uchrashib, ularni avvalo Mustaqilligimizning 32 yilligi bilan samimiy qutladi. Shu bilan birga ularning talabalik baxtiga erishganliklari bilan tabrikladi. Institutda  ustozlar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, yangi qurib bitkazilayotgan 2000 o‘rinli o‘quv binosi hamda institut klinikasining imkoniyatlari, talabalarning bir paytning o‘zida ham nazariy, ham amaliy bilimlarni mukammal tarzda o‘zlashtirishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, ushbu tadbirda institutning bir guruh faxriy professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, talabalarga o‘zlarining samimiy tilaklari va ularning o‘quv yili davomida hamisha harakat va izlanishdan to‘xtamasliklarini aytib o‘tdilar. Bir guruh ustozlar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan mehnat faoliyati davomida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yoshlarga ilm berish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali  mehnatlari uchun viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

 

O‘z navbatida birinchi bosqich talabalari va ularning ota-onlari ham barcha tadbir qatnashchilarini talabalik baxtiga sazovor bo‘lganliklari bilan tabriklab, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!