Talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtlarni mazmunli tashkil etish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Sport oyligi” munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur musobaqada barcha talabalar qiziqish va faollik bilan ishtirok etdilar.
Eng asosiysi esa, talabalar o‘zlari muxlis bo‘lgan futbolga yana bir bor oshno bo‘ldilar, jismoniy chiniqib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.
ADTI ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi