Institutda ta’lim sifatini, auditoriyalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, professor-o’qituvchilarning dars jarayonlarida faolliklarini yanada oshirish bo’yicha yig’ilish tashkil qilindi. Unda O’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Abdullajonov, Rektor maslahatchisi X.Zokirov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat bo’limi boshlig’i S.Asqarov, fakultetlar dekanlari, ularning o’rinbosalari, professor-o’qituvchilar va tyutorlar ishtirok etdi.
Yig’ilishda so’z olganlar xodimlarning ishga kelib ketish tartibi, qishki imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish jarayonlarida korrupsion holatlarga yo’l qo’ymaslik kabi masalalarga alohida to’xtalib o’tdilar. Shuningdek, yig’ilganlar ta’lim sifatini oshirish uchun nimalarga asosiy e’tibor qaratish zarurligi haqida fikr almashdilar.