Andijon davlat tibbiyot institutida talabalar, ishchi-xodimlar va professor-o‘qituvchilarni sportga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Institut ma’muriyati tashabbusi bilan talabalari o‘rtasida sportning basketbol, voleybol, stol tennisi va mini futbol turlari bo‘yicha guruhlararo sport musobaqalari o‘tkazildi.
Barcha baxslar talabalarning faol ishtirokida o‘tdi. Qiziqarli sport musobaqalari talabalarning sog‘lom kamol topishlari bilan birga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlamoqda.
ADTI axborot xizmati