ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA YANGI “PARAMEDITSINA” YO‘NALISHIGA QABUL BOSHLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA YANGI “PARAMEDITSINA” YO‘NALISHIGA QABUL BOSHLANDI

16:36 20.07.2023

Aziz abituriyent, siz respublikada yagona bo‘lgan yangi tibbiy yo‘nalishda tahsil olishni xohlaysizmi?

Demak, bu yangiligimiz aynan siz uchun!

Mamlakatimizda ilk marotaba “Parameditsina” yo‘nalishi ochilmoqda.

Andijon davlat tibbiyot institutida respublikada birinchilardan bo‘lib Koreya milliy transport universiteti (KNUT) bilan hamkorlikda “Parameditsina” yo‘nalishiga hujjatlar qabul qilish boshlandi. O‘qish muddati 4 yil (3 yil Andijonda + 1 yil Koreyada).

“Parameditsina” o‘zi nima?

Bu yo‘nalish bitiruvchilari tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tez tibbiy yordam xizmati, avariya-qutqaruv va harbiy qismlarda ishlaydigan, kasalxonaga qadar shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassis hisoblanadi.

Respublikamizda ushbu yo‘nalishga ilk marotaba qabul e’lon qilinmoqda. Hozirga qadar mazkur soha vakillari asosan favqulodda yordamning Angliya–Amerika modeliga ega mamlakatlarda qo‘llanilgan. Mamlakat yoki uning talablariga ko‘ra o‘qitish muddati bir necha oydan 4 yilgacha o‘zgarishi mumkin. Bizning muassasada, ushbu sohada o‘qish muddati 4 yil etib belgilangan va talabalarga Koreya Respublikasi va AQSH o‘quv tizimi asosida ta’lim beriladi.

O‘qitish tili: ingliz tilida (ADTI bazasida), ingliz tili Koreya milliy transport universiteti, “Parameditsina” fakultetida (KNUT bazasida).

Afzalliklari:

  • O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar xalqaro tizimda faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • Qo‘shma ta’lim dasturi yakunida talabalar har ikki hamkor Oliy ta’lim muassasalarining diplom va sertifikatlarini qo‘lga kiritib, o‘zlari xohlagan hududda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘qitish faqat to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Aziz abituriyentlar, sizlarni institutimizdagi qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olishga chorlab qolamiz.

Hujjatlar qabuli joriy yilning 20-sentabr sanasiga qadar uzaytirildi. Barcha hujjatlar Andijon davlat tibbiyot institutining qabul komissiyasida qabul qilinadi.

Manzil: Andijon viloyati Andijon shahar Yu.Otabekov ko‘chasi 1-uy.

Murojaat uchun telefon raqami: (88) 999-23-30.

Skip to content Click to listen highlighted text!