alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY DASTURI DOIRASIDA KO‘CHATLAR EKILDI

18:28 15.03.2023

“Yashil makon” umummilliy dasturini amalga oshirish maqsadida Andijon davlat tibbiyot isntituti texnik xodimlari tomonidan institutning barcha o‘quv-laboratoriya bino va inshootlarida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Xonobod shahrida joylashgan institutga qarashli dam olish maskaning 3,7 gektar yer maydoniga 150 tup pavloniya, 100 tup sosna va 8000 dona viola manzarali gul ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, institutning asosiy o‘quv-laboratoriya bino hududidan  2000 tup terak qalamchalari, 200 tup tut, 300 tup uzum qalamchalari va   3400 tup viola guli ko‘chatlari joy oldi.

Talabalar turar joyi  hududi ham 1000 tup sosna, 500 tup pavloniya, 200 tup bodom ko‘chatlari hamda 5000 tup terak va 400 tup uzum qalamchalari  bilan boyidi.

Barcha hududlarning yo‘l chetlaridagi lotok, bardyurlar hamda daraxtlarni oqlash va obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Bu kabi xayrli ishlar institutimiz va shahrimizning obodligi hamda go‘zalligi uchun xizmat qiladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!