alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING HINDISTONDA IKKITA VAKOLATLI OFISI OCHILDI

10:26 14.04.2023

Ayni kunlarda, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xizmat safari bilan Hindistonning Dehli shahrida bo‘lib turibdi.   Ushbu safar doirasida joriy yilning 12-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutining Hindistonda ikkita vakolatli ofisi ochildi.

Vakolatxona ochishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, xorijiy mamlakatlardan talabalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb etish, ularning turli xil savollariga o‘sha mamlakatning o‘zida turib javob topish imkonini berishdan iborat.

Hozirda bosh ofisga Rabinder Pathak, hududiy ofisga esa Maidul Seikh masʼul shaxs etib tayinlandi va rektorimiz tomonidan ishonch sertifikatlari topshirildi.

Shuningdek, institut rektori institutimizda o‘qishga qiziqqan bir guruh hindistonlik yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, institutimiz, undagi taʼlim jarayonlari, talabalarga sifatli taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida aytib, tanishtirib o‘tdi. Qolaversa, hindistonlik yoshlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!