alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA 30-IYUN – YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN GALA KONSERT BO‘LIB O‘TDI

23:44 28.06.2023

Joriy yilning 28-iyun kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi  tomonidan “Navruz mall” ko‘ngil ochar markazida “Bilim va tafakkurimiz – shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida gala konsert bo‘lib o‘tdi.

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil qilingan ushbu tadbirda viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari qatori Andijon davlat tibbiyot institutining talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Yoshlar oyligida faol ishtiroki uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi H.Qo‘chqorov hamda institut yoshlar kengashi koordinatorlari va faollari bo‘lgan 35 nafar talaba-yoshlari Viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi  tomonidan taqdirlandilar.

Gala konsert barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi vas ho‘x kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarni raaqsga chorladi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!